Shoiraning onasiga aytganlari

Urgutlik yosh shoira Shahzoda Ashrapovaning she’rlari gazeta va jurnallarda chop etilgan. Uning Vatan, ona, tabiat, tarixiy siymolarimiz, ezgulik  haqidagi she’rlari beg‘uborlik bilan yozilgan.

Uning yangi kitobi - "Onamga aytganlarim"dan joy olgan “Onam”, “Vatan qadri”, “Do‘stimga”, “Ko‘nglim bulog‘i”, “O‘zbekiston atalmish chaman”, “Samarqand” kabi she’rlarini o‘qib, uning dunyosi, ichki kechinmalari bilan o‘rtoqlashasiz.

Kitobdagi hajviy she’rlar ham sizni befarq qoldirmaydi. Toshloq qishlog‘ilik Shermatning hangomalari beixtiyor labingizga tabassum yugurtiradi.

Kitob muallifining shu vaqtgacha “Bobom yaratgan bog‘”, “Bahri keng dunyo”, “Faxrimsan Vatan” kabi she’riy kitoblari she’riyat ixlosmandlariga taqdim etilgan. Qo‘lingizdagi navbatdagi Shahzodaning “Onamga aytganlarim” she’riy to‘plami 2021 yilda  “Muharrir nashriyotida” chop etildi.

Nasiba Jonto‘rayeva.