Sibir suvi nega O‘rta Osiyoga burilmadi?
O‘tgan asrning o‘rtalarida Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga berish loyihasi ma’qullandi. Bu SSSRning bemalol qo‘lidan keladigan g‘oya edi. Ammo uni qo‘llab-quvvatlovchilardan qarshi g‘oya edi. Ammo uni qo‘llab-quvvatlovchilardan qarshi chiqqanlar ko‘p edi. Ular o‘z qarshiliklarini agar Sibir daryolari O‘rta Osiyo respublikalariga burilsa, iqlim o‘zgarib, ekologik falokat ro‘y berishi mumkinligi bilan izohlashga urinishardi.
Shunga qaramay, ish boshlandi. 1968 yilda Qozog‘iston markaziy qismida uzunligi 458 kilometr bo‘lgan Irtish Qozog‘iston kanali ishga tushirildi. Navbatdagi reja bo‘yicha Ob daryosidan “Sibir-O‘rta Osiyo” kanali qurilib O‘zbekistonga 2550 kilometr kanal qurilishi kerak edi. Buning uchun Ob daryosiga irtish quyilishida balandligi 78 metr damba qurilishi lozim edi. Daryolardan quyilgan suv ulkan Sibir dengizi hosil qilib, 250 ming kvadrat kilometr maydonni – Azov dengizidan to‘rt marta katta maydonni egallashi zarur edi. Undan boshlanadigan kanallar butun O‘rta Osiyoni suv bilan ta’minlashi ko‘zda tutilgandi. Bu reja 1956 yildayoq SSSR FA tomonidan ma’qullangan ham edi.
Xullas, loyihani amalga oshirish uchun ekspertlar ijobiy xulosa berishdi. Ammo kutilmaganda Sibir dengizi barpo etiladigan joyda, kalta neft va gaz zaxirasi mavjudligi aniqlandi. Bunday katta boylikni suv ostida qoldirish mumkin emasdi. Oqibatda O‘rta Osiyoni suv bilan ta’minlovchi Sibir dengizi loyihasi loyihaligicha qog‘ozda qoldi, deb yozadi «AiF» (2021 y 37-son).
T.ShOMURODOV tayyorladi.