"Singapur mo‘jizasning siri nimada edi?
Singapur Janubiy-Sharqiy Osiyoda joylashgan, 719.9 km.kv maydonga, 6 million aholiga ega mitti orol davlat.
Mustaqil bo‘lganiga 54 yil bo‘layotgan Singapur, siyosatchilarning va iqtisodchilarning fikricha, o‘z fuqarolari uchun yuksak turmush darajasini qisqa davr ichida yaratib bera olgan jahonning eng muvaffaqiyatli davlatidir.
Xo‘sh, tabiy boyliklari mutlaqo bo‘lmagan bu kichik davlat qisqa muddatda qanday qilib "Osiyo yo‘lbarsi"ga aylandi?
1965 yilda Malayziya tarkibidan mustaqil bulib ajralib chiqqanida Singapurning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadining o‘rtacha miqdori 500 AQSh dollari miqdorida bo‘lgan.
Bugungi kunga kelib Singapur davlatining yillik daromadi har bir fuqarosiga hisoblanganda 55.000 AQSh dollarini tashkil etadi. Buni iqtisodchilar "iqtisodiy mo‘jiza" deyishadi.
Singapur qanday qilib iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishdi?
1. Bunda uning geografik joylashuvi ham muhim rol o‘ynadi.
Malakka bo‘g‘ozining ostonasida bu hududdan jahon savdo-sotig‘ining 35-40 foizi kesib o‘tadi.
2. Bosh vazir Li Kuan Yu xorijiy tadbirkor va sarmoyadorlarga keng quloch ochdi. Natijada G‘arb puldorlari Singapur tomon oshiqdilar. Bu esa davlat g‘aznasiga mablag‘ olib kela boshlaydi, ishchi o‘rni yaratilishiga sabab bo‘ladi.
3. Li Kuan Yu avvalo samarador va halol hukumat yaratishga harakat qilgan. Uning topshirig‘iga ko‘ra, mahalliy va xorijlik tadbirkorlar o‘rtasida biznesni osonlashtirishga oid so‘rovlar muntazam o‘tkazilgan, tadbirkorlar dardiga quloq tutilgan. Singapur ancha yillardan beri "Biznes yuritish" reytingida birinchi o‘rinda kelayapti.
4. Li Kuan Yu jamiyatda qonun ustivorligini o‘rnatgan va qonun oldida kimligidan qattiy nazar har bir fuqaroning teng javob berishini qattiq nazorat qilgan.
5. Li Kuan Yu "iqtidorlarning rahnamosi" bo‘lgan. U iqtidorli fuqarolarini mas’uliyatli lavozimlarga qo‘yish, ularga yaxshi maosh tayinlashga hech qachon ikkilanmagan. Shu bilan birga mansabni suiiste’mol qilish qattiq jazolangan.
5. Mamlakat topayotgan pulini harbiy kuch-qudratga emas, avvalo, salomatlik va ta’limga sarflay boshlaydi.
7. Ta’lim tizimi dunyodagi eng samarali va yaxshi ta’lim tizimi bo‘yicha ishlaydi.
Ekspertlarning fikricha Singapur iqtisodiy taraqqiyot va turmush darajasini yuksaltirishni ta’lim sifatini yaxshilash bilan boshlagan.
Yuqoridagi ana shu omillar tufayli Janubiy-Sharqiy Osiyodagi qashshoq bir davlatcha qisqa vaqt ichida katta taraqqiyotga erishib dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlarini ortda qoldirib ketdi.