Sog‘lom bo‘lay desangiz, yig‘lang
Yig‘i kayfiyatni yaxshilab, sog‘liqni mustahkamlaydi. Buni kuzatgan tadqiqotchilar shunday xulosaga keldi.
Ko‘z yoshi – organizmning tabiiy himoyachisi. Bu og‘riqni kamaytirib, ziqlikni yumshatadi. Organizmda hissiy zo‘riqish kuchayib, kimyoviy moddalar me’yori oshganda ular ko‘z yoshi bilan chiqib ketadi. Yig‘idan o‘zingizni tiymang, bu yurak xuruji xavfini oshiradi, deydi olimlar. Siqilganda “achchiq ko‘z yoshi” to‘kishdan uyalmang. Yengil tortasiz.
Piyoz – suyakni mustahkamlaydi
Turk olimlarining fikricha, bir oy davomida har kuni yarim bosh piyoz iste’mol qilish suyak mustahkamligini 5 foizga oshirar ekan.
Shuningdek, piyoz ichaklarda foydali bakteriyalar hosil bo‘lishi, boshqa sabzavot va ko‘katlar qatorida siqilishning oldini olib, uyquni yaxshilaydi.
Yog‘li sut mahsulotlari...
Bunday mahsulotlar qon bosimi va diabetdan himoya qiladi...
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har kuni ikki mahal sut mahsulotlari – sariyog‘, qatiq, tvorog, ayron, qatiq zardobi iste’mol qilib turish moddalar almashinuvi, yurak va endokrin bezi faoliyati buzilishining oldini olar ekan. Ushbu ratsionga amal qilganlarda boshqalarga nisbatan xastaliklar 28 foizga kam uchrarkan.
“AiF” (2021 y, 10-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.