«Soliqchi –tadbirkorga ko‘makchi» tamoyili amalda
«Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi» tamoyili bugungi kunda davlat soliq idoralari faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanib bormoqda.
Samarqand viloyati davlat soliq idoralari tomonidan tadbirkorlarga ko‘mak berilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda, zarur maslahatlar berib kelinmoqda. Jumladan, Bulung‘ur tumanida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Madjitov savdo markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyat yuritishida tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari yaqin ko‘makdosh, maslahatchi bo‘ldi.
- 2020 yil dekabr oyida xo‘jalik mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konni ochdik,- deydi MChJ rahbari Bekzod Majidov. - Dastlabki buxgalteriya hujjatlarini yuritish, onlayn nazorat kassa mashinasini o‘rnatgan tadbirkorlarga beriladigan soliq imtiyozlari bo‘yicha tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari, do‘konimizga kelib Prezidentimizning 2019 yil 6-sentyabrdagi PF-5813 sonli farmoniga asosan tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida tushuntirish berdi. Buning natijasida men aylanmadan olinadigan solik bo‘yicha, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobariga soliq imtiyoziga ega bo‘ldim. Nima savol tug‘ilsa telefon orqali yoki soliq idorasiga borib, savolimga javob olaman.
Tuman davlat soliq inspeksiyasi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘’basi xodimlari har bir sub’yektning muammolarini o‘rganib, yechimi bo‘yicha maslahat bermoqda. Maqsad tadbirkorga ko‘mak berib uning ishi yurishishiga, daromadi ko‘payishiga ko‘mak berish, soliq bazasi kengaytirib, tushumlar ko‘payishiga hissa qo‘shishdir.
Otabek Karimov,
Bulung‘ur tumani DSI tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘’basi boshlig‘i.