“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi”. Ushbu tamoyilga ko‘ra qilinayotgan ishlardan samara bormi?

Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili bo‘yicha tadbirkorga ko‘maklashilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 605 ta korxona faoliyati o‘rganilib, ko‘makka muhtoj korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatildi. 192 ta yangi ochilgan korxonalardan 134 tasi joyiga borgan holda o‘rganilib, soliqqa oid maslahatlar berildi.

So‘g‘ot mahallasida istiqomat qiluvchi Elmurod Eshmamatov tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlaridan sun’iy qoplamali stadion tashkil qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

- Bugungi kunda soliq xodimlari tadbirkorga chinakam ko‘makchi ekanligiga guvoh bo‘ldim, - deydi E.Eshmamatov. - Ularning yordamida 100 million so‘m kredit olib xonadonimdan sun’iy qoplamali stadion tashkil qildim. Bundan tashqari, avtomobillarni yuvish xizmati va quyonchilik faoliyatlarini ham yo‘lga qo‘ymoqchiman.