Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi nima, uning qanday turlari mavjud?

Soliq to‘lovchining Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi.

Uning quyidagi turlari mavjud:

- davlat soliq xizmati organida hisobga turishdan bo‘yin tovlash,

- kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish),

- soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish,

- buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish,

- faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish,

- hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish,

- fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzish,

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish,

- yer uchastkalaridan ularga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanish.