Son va raqamlar to‘g‘risida qiziqarli faktlar
Zamonaviy inson o‘z hayotini tom ma’noda bizni qurshab olgan raqamlarsiz tasavvur qila olmaydi. Uy yoki telefon raqami, bankdagi hisob-kitoblar, vaqt va sana - bularning barchasi raqamlardan iborat. Xo‘sh, biz son va raqamlar haqida nimalarni bilamiz? Bugungi maqolamizda siz ular haqida tasavvur qilganingizdan ham qiziqarli faktlarni topasiz.
“Gugol” soni
1 sonidan keyin yuzta nol turadigan juda katta«Gugol» nomiga ega. Bu atama 1938 yilda matematik Kazner jiyanlari bilan sayr qilib, dunyodagi eng katta raqamlar haqida gapirganida paydo bo‘lgan. O‘shanda bolalardan biri bu songa shunday nom berishni taklif qildi.
«Gugol» soni nazariy yoki amaliy ahamiyatga ega emas. U faqat cheksizlik va yuzaga kelgan katta raqam o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatish uchun xazmat qiladi.
Raqamlar va asalarilar
Olimlar hasharotlarning matematik qobiliyatlari borligini aniqlashga harakat qilib, asalarilar ustida bir qator tajribalar o‘tkazishdi.
Ilgari bunday iste’dodlar shimpanze va to‘tiqushlarda aniqlangan. Ajablanarlisi, asalarilar ajoyib natijalarni ko‘rsatdi. Asalarilarning bir guruhiga 1 dan 5 gacha, ikkinchisiga esa 2 dan 5 gacha raqamlar bo‘lgan kartalar berildi. Ikkala jamoa ham nol 1 dan kichik ekanligini tushunishlarini ko‘rsatib, nolni raqamlar seriyasining boshiga joylashtirib qo‘yishdi.
Rim raqamlari
Rim raqamlari miloddan avvalgi 500-yillarda qadimgi Estrus sivilizatsiyasi vakillari tomonidan ixtiro qilingan. I, V, X, L, C, D, M harf belgilari uzoq vaqt davomida Qadimgi rimliklar tomonidan ishlatilgan. Butun qatorli sonlar ularni takrorlash orqali yozilgan, biroq bir raqam uch martadan ortiq takrorlanmasligi kerak edi. Tizim ancha murakkab, shuning uchun hozirda u ishlatilmaydi. Rim raqamlarini faqat soat siferblatlarida ko‘rish mumkin. Shuningdek, bu raqamlardan asrlar yoki oylarni belgilash uchun foydalaniladi.
Nol
Nol - qo‘shuv yoki ayiruv paytida boshqa sonni o‘zgartirmaydi. Birinchi marta miloddan avvalgi 300-yillarda Vavilon matematiklari tomonidan qo‘llanilgan son bo‘shliqni to‘ldirib turgan ikkita qavs ko‘rinishiga ega edi. Raqam sifatida nolning birinchi yozuvi 876 yilga tegishli. Endi nol ko‘p fanlarda qo‘llanilib, usiz algebra, matematik tahlil, geometriya va informatikaning mavjudligini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Mamlakatlarning omadli raqamlari
Har bir davlatning o‘z omadli raqamlari bor. Rossiyaliklarga azaldan “3” raqami yoqadi. Xitoyda farovonlikni va’da qiladigan “8” va osmon va yerning to‘liqligi, boy va baxtli hayotning ramzi deb bilinadigan “9” “yaxshi" raqamlar hisoblanadi.
Koreyada eng muvaffaqiyatli hisoblanadigan “7”raqami seviladi. Germaniyada 4 hurmat qilinadi, u to‘rt bargli beda daraxti bilan bog‘liq bo‘lib, biznesda omad keltirishni taqozo etadi.
***
Baxtli raqamlarga ishonish kerakmi-yo‘qmi, har kim o‘zi uchun qaror qabul qiladi. Qanday bo‘lmasin, ularni juda jiddiy qabul qilmaslik kerak.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.