Sotilmagan mashinalar qayerda turadi?

Har yili o‘z xaridorini topa olmagan avtomobillar soni ortib bormoqda. Butun dunyo bo‘ylab yangi mashinalar bilan to‘ldirilgan ko‘plab avtoturargohlar tarqalgan. Masalan, Amerikaning Baltimor portida 57 ming avtomobil bor. Buyuk Britaniyaning Shirness qo‘rg‘onidagi avtoturargohda o‘n minglab mashinalar turibdi.

Bu esa (suratda) Svindon aholi punktida joylashgan avtomobillar to‘xtash joyi. Bu yerda ham minglab sotilmagan avtomobillar to‘plangan. Bunday avtoturargohlarni yaratish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilari ko‘proq yer sotib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Juda qiziq, shu mashinalarga chegirma e’lon qilinib, bir necha ming dollar arzonroq baho qo‘yilsa, ular darhol sotiladiku, deydi aqli raso kishi. Ammo ishlab chiqaruvchi mashina narxidan bir sent ham tushirishni istamaydi: negaki, bu holda ular o‘zining qimmatroq modellariga xaridor topa olmaydi.
Konveyerni to‘xtatish ham mumkin emas. Axir zavodlar yopilib, ishchilar ishdan bo‘shatilishi kerak-da. Agar shunday qilinsa, mashinalar uchun butlovchi qismlar va komplektlar ishlab chiqaruvchi hamkor zavodlar ham zarar ko‘radi.



Dunyoda haftasiga o‘n minglab avtomobil ishlab chiqariladi. Ularni hammasini kim sotib olar ekan? Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlardagi oilalarning har birida ikkita, ba’zilarida hatto uchta mashina bor. Mavjudlarini ehtiyotkorlik bilan ishlatib, joriy ta’mirlash ishlari uchun vaqti-vaqti bilan ustaxonalarga tashrif buyurish ularga arzonroqqa tushadi.
Rossiyada bunday avtoturargoh Peterburg yaqinidagi uchish-qo‘nish maydonida joylashgan. Bu yerdagi Yevropadan olib kelingan mashinalar hech kimga kerak bo‘lmay qolgan. Aeroportdan ham maqsadli foydalanilmayapti.



Afsuski, bu muammoning yechimi yo‘q. Avtomobillar beto‘xtov konveyerlardan tushib, to‘g‘ri ilgari chiqarilgan mashinalar saqlanadigan to‘xtash joylariga yo‘l olyapti.
Shu joyda qiziqarli bir ma’lumot: hozirda Yer yuzida odamlarga qaraganda avtomobillar ko‘p, ularning soni deyarli 10 milliardga yetadi. Hech kimga kerak emas turargohlar soni esa kundan kunga o‘sib borib, u yerda yo‘l bosib o‘tish masofasi nolga teng mashinalar turadi.

Albatta, uzoq vaqt turgan mashinalar asta-sekin yemirila boshlaydi, silindrlarida kondensat to‘planadi, bu jarayon metallning sovuq korroziyasi deb ataladi. Akkumulyator zaryadlari tugab, shinalar havo chiqara boshlaydi. Endi mashinani ishga tushirish mumkin emas – bu dvigatel zo‘riqishiga olib keladi.



Avtomobilsozlik sanoati bir joyda to‘xtab turmaydi. Kundan-kunga yangi texnologiyalar va yangi takomillashtirilgan modellar ishlab chiqilmoqda. Albatta, to‘xtash joylarida ikki yildan ortiq vaqt davomida turgan mashinaning sotilish imkoniyati yo‘q. U qismlarga ajratiladi yoki press ostida maydalanadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.