Sovrinli viktorina: ham bilim, ham sovrin oling

2023 yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan referendum o‘tkaziladi.

Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, www.Zarnews.uz veb-sayti hamda “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda aholi va yoshlarning Referendumga oid tushunchalarini kengaytirish, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish maqsadida sovrinli viktorina tashkil etmoqda.

Viktorina bugun, 6 aprel kuni soat 15:00 dan boshlab har kuni o‘tkaziladi. Unda 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha telegram messenjeri foydalanuvchilari ishtirok etishi mumkin.

Loyihada ishtirok etish uchun ushbu link  orqali telegram messenjeridagi "YAXSHI XABAR" kanalining shu nomdagi guruhiga o‘tish so‘raladi.

Viktorina 15 ta savol va ularga javob variantidan iborat qilib tuziladi. Har bir savol uchun 30 sekunddan 1 daqiqa oralig‘ida vaqt beriladi.

G‘oliblar viktorina yakuni bilan avtomatlashgan holda aniqlanadi.

Viktorina g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Sovrinlarni viktorina yakunlangandan so‘ng bir oy mobaynida Samarqand shahar, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy manzilidan olib ketish kerak.

Viktorinada faol ishtirok eting!

ESLATMA: viktorina o‘tkazish vaqti va shartlari ko‘psonli yurtdoshlarimizning xohish va istaklarini inobatga olgan holda o‘zgartirilishi ham mumkin.

Viktorinada ishtirok etadigan telegram foydalanuvchilaridan akkauntlariga o‘z ism-familiyalari bilan ishtirok etishlarini so‘raymiz.