Sovrinli viktorinaning birinchi g‘oliblari aniqlandi

Xabar berganimizdek, bugun aholi va yoshlarning Referendumga oid tushunchalarini kengaytirish, yangi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish maqsadida sovrinli viktorina o‘tkazildi.

Dastlabki viktorinaning uch nafar g‘olibi aniqlandi:

@KodirovAkobir akkauntli telegram messenjeri foydalanuvchisi 15 ta savoldan 14 tasiga to‘g‘ri javob berdi va bunga 3 minut 39 sekund sarflab, birinchi o‘rinni egalladi.

@sserp_run akkauntli foydalanuvchi esa shuncha javob berdi, biroq vaqt tafovuti bo‘yicha ikkinchi o‘rin nasib etdi.

Uchinchi o‘rinda qayd etilgan Do‘stbek SULAYMONOV akkauntli ishtirokchi ham shuncha javob belgilash jarayonida ko‘proq - 6 minut 13 sekund vaqt sarfladi.

Barcha sovrindorlar va ishtirokchilarni tabriklaymiz.

Viktorina g‘oliblari o‘zlari uchun ajratilgan sovg‘alarni bugundan boshlab bir oy muddatda Samarqand shahar, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy manzilidan olib ketishlari mumkin (qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: 66-233-91-59, 66-235-28-40).

***

Eslatma: ikkinchi viktorina ertaga, 7 aprel kuni soat 15:00 dan boshlanadi.

G‘olib bo‘lganlar viktorinada yana ishtirok etishi mumkin, biroq g‘olib bo‘lgan taqdirda bir haftagacha sovrindorlar safidan joy olmaydi. O‘z navbatida ulardan keyingi o‘rindagi ishtirokchi g‘olib sanaladi.

Viktorinada faol ishtirok eting!