Sport maydonchasi va futbol maydoni obodonlashtirilib, kamchiliklar nazoratga olindi

Kecha, 10 iyul kuni saytimizda “Samarqand tumanida sportga e’tibor berilyaptimi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.
Maqolada yozilgan Zahlik mahallasidagi sport maydonchasi bo‘yicha tuman hokimligi axborot xizmati javob yo‘lladi. Unda, xususan, shunday deyiladi:
"Zahlik mahallasida sport maydonchasining qarovsiz qoldirilgani bois ushbu mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisiga ogohlantirish berilib, maydonchaga mas’ul biriktirildi.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi va mahalla faollari bilan hamkorlikda maydoncha atrofidagi chiqindilar tozalandi, o‘ralmagan futbol maydonining xavfsizligi va tozaligi uchun tegishli choralar ko‘rildi.
Mahalla hududida chorva mollarining boqilmasligi bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ushbu sport ob’yektiga tez orada kuzatuv kamerasi va axborot lavhasi o‘rnatiladigan bo‘ldi".