"Sputnik V" va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanishda yuqori darajada immunitet hosil qiladi
- 07.06.2021 17:01
- 65
- COVID-19
"Sputnik V" va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanish bilan inson organizmida yuqori darajada immunitet hosil qilinishiga yordam beradi.
O‘zbek - Xitoy vaksinasida esa to‘liq uch bosqichda emlangandan so‘ng inson organizmida yetarlicha antitanacha hosil bo‘lishiga erishish mumkin.
Ikki oy mobaynida 2 million 069 ming 518 doza vaksina qo‘llanilgan bo‘lsa, shundan 348 ming 302 nafar kishi to‘liq bosqichlarda emlanib bo‘lindi.
AstraZeneca bilan 321 ming 906 nafar kishi, ZF-UZ-VAC2001 bilan 494 nafar kishi, "Sputnik V" vaksinasi bilan esa 25 ming 902 nafar kishi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev ma’lum qildi.
Teglar:
koronavirusga qarshi emlash