SSV: O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 237 nafar bemorning ahvoli og‘ir holatda
- 24.06.2020 15:43
- 497
- COVID-19
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 2176 nafar bemorning 1939 nafari qoniqarli holatda. 215 nafar bemor o‘rta og‘ir, 18 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bemorlarning 130 nafarida pnevmoniya kuzatilyapti.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qildi.
Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59 476 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ulardan 36 667 nafar fuqarolar uy sharoitida, 22 809 nafar fuqarolar statsionar sharoitda karantinga olingan.
Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 23 310, mavsum davomida 1,078 782ta test sinovlari o‘tkazildi.
Teglar:
koronavirus