"Stranja": Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi
- 24.02.2022 16:44
- 205
- Sport
Sofiya shahrida boks bo‘yicha nufuzli "Stranja" turniri o‘tkazilmoqda. Bugun musobaqa doirasida besh nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.
Afsuski, 57 kilogramm vazn toifasida Sitora Turdibekova rossiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 75 kilogramm vaznli Mavluda Mavlonova ham rossiyalik raqibasidan yengildi.
Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov 51 kilogramm vazn toifasida rossiyalik raqibiga qarshi jang o‘tkazdi va g‘alabaga erishdi.
75 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Ja’farov shvetsiyalik raqibini katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
+92 kilogramm vaznli Lazizbek Mullajonov ham rossiyalik charm qo‘lqop ustasi bilan jang o‘tkazdi va g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Teglar:
boks
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa