«Stranja». Hasanboy jangsiz keyingi bosqichga yo‘l oldi, uch bokschimiz qozoq raqibni mag‘lub etdi

Bolgariyaning Sofiya shahrida 21 fevral kuni boks bo‘yicha xalqaro an’anaviy Stranja Kubogining ikkinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.

-52 kg. vazn toifasidagi bokschimiz Hasanboy Do‘smatov italiyalik Skiassa Tommosaga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq, noma’lum sababga ko‘ra, raqib jangga chiqmadi. Do‘smatov avtomatik tarzda g‘alabani qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Qizlar o‘rtasida -52 kg. vaznli Tursunoy Rahimova qozog‘istonlik raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi.

-63,5 kg. vazn toifasida Mujibillo Tursunov "Stranja"dagi ikkinchi jangida qozog‘istonlik raqibidan ustun keldi.

-57 kg. vaznli Sitora Turdibekova ham qozog‘istonlik raqibasidan ustun keldi.

-69 kg. vazn toifasida Jahongir Rahmonov italiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alabaga erishdi.