Subsidiya: Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin

“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari tasdiqlangan. Ushbu hujjat doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

Ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi. Subsidiya asosida uy-joy istagida bo‘lgan fuqarolar davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori

-  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 2,7 baravaridan (2 million 835 ming so‘m) 8 baravarigacha (8 million 400 ming so‘m);

-  Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 million 835 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (9 million 660 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur, deya xabar bermoqda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi.