Subsidiyali uy-joy uchun Toyloq, Samarqand va Urgut tumanlarida qo‘shimcha o‘rin ajratildi

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 25 martdagi qarori bilan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, uy-joyga muhtoj oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi ayollar, faol yoshlar va shu toifadagi boshqa ehtiyojmand fuqarolarga davlat tomonidan qaytarilmaslik sharti bilan subsidiya ajratiladi.

Tumanlarda ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida manzilli dastur ishlab chiqilgan. Ayni paytda uy-joyga muhtoj fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Hujjatlar davlat xizmatlari markazida qabul qilinmoqda.

Arizalarni qabul qilish muddati 2020 yil 1 oktyabrgacha belgilangan.