Suriyada IShID safiga tushib qolgan O‘zbekistonning 156 fuqarosi qo‘lga olinib, repatriatsiya qilindi
Ularning qariyb barchasi ayollar va bolalardir, deb ma’lum qildi BMT Yangiliklar markazi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri yozmoqda.
Umuman olganda, oxirgi yarim yilda Suriyada IShID safiga qo‘shilib qolgan MDH davlatlarining 2000 nafar fuqarosi ushlangan. Ularning 764 nafari(deyarli hammasi ayollar va bolalar) O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonga repatriatsiya qilingan. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish aytib o‘tdi.
Jumladan, yil boshidan buyon ularning 524 nafari Qozog‘iston, 156 nafari O‘zbekiston va 84 nafari Tojkistonga, ya’ni o‘z vatanlariga qaytarildi.
BMT Markaziy Osiyodan borib ushbu terrorchilik guruhi saflarida harakatlanayotganlar soni oldingi yillarga nisbatan sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, ular hamon Suriya, Afg‘onistonga yetib olishga urinishlarini to‘xtatishmayapti.
O‘z navbatida 2012 yilda O‘zbekiston va Tojikistondan 1500 jangari IShIDga qo‘shilgan bo‘lsa, ularning 45 foizi hamon tirik.
“Internetda Markaziy Osiyo xalqlari tillarida tashviqot materiallarining tarqatilishi mojarolar sodir bo‘layotgan hududlarga yo‘l olish, pul yig‘ish va mintaqa mamlakatlarida yashirin yacheykalar tashkil etilishiga xizmat qilyapti”, - deyiladi BMT hisobotida.
Unda Mintaqaning BMTga a’zo davlatlari yangi jangarilar va terrorchilar tarafdorlarining paydo bo‘layotganidan xavotirda. Sababi, yollayotganlar ularni o‘z vatinida qolishga buyruq bermoqda.
Joriy yilda mintaqa mamlakatlari maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan amaliyotlar davomida IShIDning 26 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Ularning ayrimlari vataniga qaytarilgan terrorchilar bo‘lib chiqdi.
Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘onistonning shimoliy hududlarida vujudga kelgan terrorchilik tahdididan ham avvalgidek xavotirga tushgan. Ushbu hududdagi Markaziy osiyolik guruhlar afg‘on-tojik chegarasi orqali narkotiklar kontrabandasi bilan shug‘ullanadigan uyushgan jinoyatchilik to‘dalari bilan hamkorlik qilish barobarida jangarilarni Markaziy Osiyoga yuborishda ushbu yo‘nalishdan foydalanmoqda.
Ushbu hisobot BMTning Terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi Ijrochi direktori va BMT Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda boshqa tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar bilan tahliliy qo‘llab-quvvatlash, sanksiyalarni nazorat qilish bo‘yicha hamkorlik guruhi tomonidan tayyorlangan.