Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ishdan olindi
- 02.04.2019 15:48
- 1232
- O‘zbekiston
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgan. Yig‘ilish 1 aprelda bo‘lib o‘tgan, Minbar.uz manbasining xabariga ko‘ra, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi.
Shu kunlarda Surxondaryoda 5-10 aprelda bo‘lib o‘tadigan xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Bahodir Po‘latov shu kabi tashkiliy ishlar va boshqa rasmiy tadbirlar, yig‘ilishlarda qatnashmagan.
Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov 2018 yilda Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangandi. Viloyatning oldingi hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib ketgandi.