Suv tarmoqlari uchun 110 million dollar

Ular shahar suvoqova tizimining "Ko‘rpa", "Mo‘rtak" suv inshootlarini ko‘zdan kechirishdi. Mazkur ob’yektlar bugungi kun talabiga javob bermaydi. Suv uzatuv jihozlari eski. Shu sabab elektr energiya iste’moli sarf-xarajatlari oshib ketyapti. Mutaxassislar o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida yotqizilgan va bugungi kunda ishlashga yaroqsiz holatga kelib qolgan suv tarmog‘ini maxsus loyihaga ko‘ra kapital ta’mirlash ishlarining 2018 yildan boshlanishini ma’lum qildi.

Ushbu maqsadlar uchun Jahon banki tomonidan 110 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.