Suvsizlikka tuya chidamlimi yoki jirafa?

Suv yer yuzining taxminan to‘rtdan uch qismini egallagan. Quyida e’tiboringizga obihayot haqida qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz.

Barcha tirik jonzot va o‘simliklar suvdan iborat

Ha, shunday. Masalan, hayvon va baliqlar tanasida 75 foiz, kartoshkada 76 foiz, olmada 85 foiz, tarvuzda 96 foiz suv bo‘ladi. Inson tanasida ham suv ko‘p: yangi tug‘ilgan chaqaloqda 86 foiz, qariyalar tanasida 50 foizgacha.

Tuya uzoq vaqt, aniqrog‘i, ikki hafta davomida suvsiz yurishi mumkinligini hamma biladi. Aniqlanishicha, u rekordchi emas, jirafalar to‘rt haftagacha suvsiz yura olar ekan. Odam 5-7 kungacha suvsiz yashashi mumkin.

Eng ko‘p suv qayerda?

Yerning ichki qobig‘ida dunyo okeaniga nisbatan 10-12 barobar ko‘proq suv bor. Shunga qaramasdan sayyoramizdagi deyarli barcha suv massasi ichishga yaroqsiz. Biz bor suvning atigi 3 foizidan foydalanishimiz mumkin, aynan chuchuk suv zaxirasi shuncha. Hatto shu 3 foizning aksariyati ham muzliklarda joylashgan.

Mpemba effekti

Bu paradoksning mohiyati shundaki, issiq suv sovuq suvga qaraganda tezroq muzlaydi. Bundan tashqari, issiq suv atrofida bug‘ bulutining shakllanishi tufayli kislorodga yo‘l qo‘ymasdan olovni ham sovuq suvga qaraganda muvaffaqiyatli o‘chiradi. 

O‘simliklarni yetishtirish uchun katta miqdorda suv kerak

2 bo‘lak nonga 100 litr, 1 stakan qahva loviyasiga 200 litr, 1 kilogramm guruchga 4 ming litr, 1 kilogramm mol go‘shti uchun 15 ming litr suv kerak bo‘ladi.

Suv atrofdagi muhit hissiyotlardan ta’sirlanadi 

Buni suv tomchisini turli ta’sirlar ostida muzlatib qo‘ygan yapon olimi Masaru Emuto ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Yoqimli klassik musiqa yoki muloyim so‘zlar hamrohligida hosil bo‘lgan muzlatilgan suv (qor uchqunlari) chiroyli tuzilishga ega bo‘ladi. Salbiy hissiyot ostida muzlatilgan tomchi esa mos ravishda tartibsiz va qo‘rqinchli naqshlarni bergan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.