Svetofor soz holatga keltirildi
- 30.10.2019 11:58
- 128
- Jamiyat
Kecha saytimizda Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy hamda Ulug‘ Tursunov ko‘chalari chorrahasidagi svetofor yoritkichlari me’yorida ishlamayotgani xususida tanqidiy axborot bergandik.
Samarqand viloyati maxsus ekspluatatsiya montaj korxonasidan quyidagi mazmunda javob xati oldik:
“Ulug‘ Tursunov ko‘chasida amalga oshirilgan kommunal quvurlarni almashtirish jarayonida ekskavator svetoforning linzalariga shikast yetkazgani aniqlandi.
Ushbu tanqidiy xabarning Zarnews.uzda e’lon qilingan kunning ikkinchi yarmida svetofor korxonamiz xodimlari tomonidan soz holatga keltirildi.
Ortiq ERGAShEV,
viloyat maxsus ekspluatatsiya montaj korxonasi bo‘lim boshlig‘i”.
Teglar:
svetofor