Tadbirkorga yaratilayotgan imkoniyatlar korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi
Unda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.
Tadbirda Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh. Axmedov va boshqalar korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish ustuvor vazifa ekani, mamlakatimizda ushbu illatni bartaraf etishga qaratilayotgan chora-tadbirlar, tadbirkorlik sub’yektlariga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida so‘z yuritdi.
Shuningdek, korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga rahna solib, turli salbiy holatlarga olib kelishi ta’kidlandi. Qonunbuzilishlar va korrupsiya holatlarining oldini olish, halollik, qonuniylikka qat’iy rioya etish, mas’uliyat hamda yurt taqdiriga daxldorlik, Vatanga sadoqat hissi bilan ishlash har birimizning burchimiz ekani alohida qayd etildi.
Tadbirda korrupsiya, unga sabab bo‘luvchi omillarga bag‘ishlangan videorolik va hujjatli filmlar namoyish etildi.
Samarqand viloyat davlat soliq xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.