Tadbirkorlar murojaati viloyat hokimi tomonidan nazoratga olingan
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy himoyasini ta’minlash – amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Zero, tadbirkorlik rivoji – yurtimiz va iqtisodiyotimiz taraqqiyoti garovidir.
Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida viloyat hokimligi tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularda duch kelayotgan muammolarni har tomonlama o‘rganish va bartaraf etish maqsadida navbatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimligi, bank va boshqa soha mutasaddilari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun 27 nafar tadbirkorlar ro‘yxatga olindi. Uchrashuvga qadar 23 nafar tadbirkorlarning bildirgan masalalari o‘z ijobiy yechimini topdi. 4 nafar tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, atroflicha muhokama etildi. Murojaatlarga mas’ullar biriktirilib, 5 kunlik muddat bilan viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.