“Tadbirkor”lardan 85 million so‘mlikdan ortiq tovar-mahsulotlar olib qo‘yildi
Mamlakatimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish borasida zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu imkoniyatlardan foydalanib, daromad topayotgan va byudjet tushumlariga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar ko‘pligini ta’kidlash lozim. Biroq tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan “tadbirkorlar” ham yo‘q emas.
Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshiruvlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotganlarning siri fosh bo‘lmoqda. Masalan, fuqaro S.T. Samarqand shahridagi “Shodiyona” savdo majmuasida noqonuniy ravishda savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, 48628000 so‘mlik tovarlar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Fuqaro S.T. Samarqand shahri Ali Qushchi ko‘chasi, 52-uyda joylashgan savdo do‘konida hujjatsiz faoliyat yuritib kelgani aniqlandi. “Tadbirkor”ning noqonuniy faoliyati unga tegishli 10 turdagi, qiymati 36560000 so‘mlik tovarlarning olib qo‘yilishiga sabab bo‘ldi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.