Tadbirkorning yaqin hamkori

Ushbu tizim orqali markaz mutaxassislari tadbirkorlarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatmoqda. 

 Bunday amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida 2018-2020 yillarda talab eng yuqori bo‘lgan qo‘shimcha 68 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni "Yagona darcha" markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu esa tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi. 

Tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining sifati oshgani sabab Kattaqo‘rg‘on shahar "Yagona darcha" markazi orqali o‘tgan 11 oyda 684 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ularning 119 tasi yuridik shaxs sifatida, 565 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yekti shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, markaz orqali tadbirkorlarga 221 davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ular faoliyatida yanada erkinlik yaratilishiga ko‘mak berildi. 

Shavkat ABDULLAYeV,

Kattaqo‘rg‘on shahar "Yagona darcha"

markazi direktori.