Talabalar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘a ulashdi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtidorli talabalari Samarqand shahridagi 10-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Yangi yil arafasida sovg‘alar topshirdi.
Bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida qiziqarli o‘yinlar, viktorinalar tashkil etilib, zukko o‘quvchilarga bayram tuhfalar ulashildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun bayramona dasturxon yozildi.
Shoxrux JALILOV.