Talabalarga yana bir soliq imtiyozi qo‘llanilishi mumkin
- 19.05.2022 19:49
- 198
- Ta’lim
Moliya vazirligi tomonidan jamoat muhokamasi uchun e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, Bojxona va Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, talabalarning oliy ta’lim muassasalari hududida tashkil etgan pullik sport to‘garaklari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlarini soliqdan ozod qilish taklif etilmoqda.
Shuningdek, yana boshqa bir taklifga ko‘ra 2022 yilning 1 mayidan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mo‘ynoq: Unutilgan hududdan taraqqiyotgacha
- 23 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Siyosiy sharh: G‘alati g‘alaba
- 55 daqiqa avval
- Siyosat
22 aprel - Xalqaro Yer kuni
- 2 soat avval
- Mutolaa