Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar qaysi hujjatlarni taqdim etishlari zarur?

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2020 yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
  3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
  4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
  5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
  6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
  7. Konvert A5 formatida;
  8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
  9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi.

Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Eslatma: Karantin sharoitini inobatga olgan holda an’anaviy o‘qish boshlanishidan oldin OTM ushbu hujjatlarni talab qilishi mumkin emas.