Tanzila NORBOYEVA: Rahbar lavozimlariga xotin-qizlar tavsiya etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyevaning facebook ijtimoiy tarmog‘ida kuni kecha shunday fikrlar bildirildi.

«Ajoyib yangilikni Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, endi davlat boshqaruvi organlari rahbar lavozimlariga xotin-qizlar tavsiya etiladi.

Bugungi kunda qo‘mitamiz tomonidan  rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish uchun uch mingdan ortiq kadrlar zahirasi shakllantirilgan.

Biz ayollarning ushbu salohiyatini yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz. Fevraldan e’tiboran Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy bo‘linmalarida o‘quv kurslari tashkil etiladi».