Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Tashabbus-2019" ko‘rik-tanloviga marhamat!

Joriy yilning 8 iyun (shanba) kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida (soat 10:00-17:00 gacha) “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi ko‘rik-tanlov ilk bora xalq sayli sifatida tashkil etiladi va unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha bellashadi.

"Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori"

"Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori"

"Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori"

"Yilning eng yaxshi fermeri"

"Yilning eng yaxshi hunarmandi"

Shuningdek, ko‘rik-tanlovga "Eng yaxshi tadbirkor ayol", "Eng yaxshi innovatsion loyiha", "Yoshlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor", "Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi", "Eng yaxshi eksportchi", "Yilning eng yaxshi mahsuloti" kabi qo‘shimcha nominatsiyalar ham kiritilgan.

Tanlov bilan bog‘liq ma’lumotlar uchun Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi (Alisher Navoiy ko‘chasi 58-uy)ning 233-04-00,  210-11-01 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Tashabbuskorlar tanloviga marhamat!

SAVDO-SANOAT PALATASI VILOYaT HUDUDIY BOShQARMASI.