Prezident sovrini uchun “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovi 22 apreldan boshlanadi
- 21.04.2019 11:35
- 255
- O‘zbekiston

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 apreldagi farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovining
tuman (shahar) bosqichi – 22 apreldan 15 mayga qadar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi – 20 maydan 12 iyunga qadar o‘tkazilishi belgilandi.
Tanlovning respublika bosqichi ochilishi va ko‘rgazmalari 20-21 iyun kunlari, g‘oliblarni taqdirlash marosimi esa 22 iyunda o‘tkaziladi.
Samarqand viloyati hokimining bu haqdagi farmoyishida “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini joriy yilning 8 iyun kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida o‘tkazish belgilandi. Tanlovning ochilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimlari Yoshlar markazi majlislar zalida tashkil etiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Virtual “botqoq”dan qutulish kerak
- 2 soat avval
- Jamiyat
Xalq vakillari joylarda
- 3 soat avval
- Samarqand
Axborot xurujlari
- Bugun, 10:14
- Jamiyat