Toyloq tumanida piyodani urib qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 24 iyun kuni noma’lum haydovchi avtomashinani Qo‘tirbuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Ayniy” A-377 yo‘lining 11-km.da haydab ketayotib piyoda, Urgut tumani Mo‘g‘ol mahallasida yashagan, 43 yoshli N.M.ni urib yuborib, qochib ketgan. Natijada piyoda N.M voqea joyida vafot etgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Urgut tumanida yashovchi, 23 yoshli M.T. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.