TDAU Samarqand filialiga 489 nafar talaba qabul qilindi

Bugun, 6 sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda filial direktori, iqtisod fanlari doktori Shavkat Hasanov barchani bayram bilan tabrikladi.

- O‘tgan o‘quv yilida ochilgan filialimizga 318 nafar talaba qabul qilingandi, - dedi filial direktori. - Bu yil qabul kvotalari oshib, 489 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. Filial qoshida “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi ochildi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Jahon standartlariga mos mutaxassislar tayyorlash yo‘lida talabalarni chet elga stajirovkaga yuboryapmiz. Filialda kredit-modul tizimida 5 kunlik o‘qish joriy etilgan.

Tadbirda yoshlarning iqtidorini aniqlash bo‘yicha talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “Men tanlagan oliygoh” videoroliklar tanlovi g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

1-bosqich talabalarining oliygohdagi ilk sabog‘i “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi.

TDAU Samarqand filiali axborot xizmati.