«Tesla» va «SpaceX» asoschisi Ilon Mask «Dogecoin» kriptovalyutasini targ‘ib qilishda ayblanib, sudga chaqirildi

Bu haqda «Forbes» xabar berdi.

Da’vogar, amerikalik investor Kit Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, bu kripto piramida hisoblanadi. Erkak milliarderdan 258 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda. Jonson altkoin (bitkoindan keyin paydo bo‘lgan har qanday kriptovalyuta) savdosi qimor o‘yinlaridan boshqa narsa emasligi, ayblanuvchi esa buni qonuniy sarmoya sifatida ilgari surganini aytgan. Uning fikricha, «SpaceX» va «Tesla» «Dogecoin» qiymatini sun’iy ravishda oshirish uchun tovlamachilik bilan shug‘ullangan.

Da’vogar ushbu kriptovalyuta bilan savdo qilish, AQSh va Nyu-York qonunlariga muvofiq, qimor o‘yinlariga tenglashtirilganini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan Jonson sud Mask «SpaceX» va «Tesla» kompaniyalariga ushbu kriptovalyutani targ‘ib qilishni taqiqlashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Yil davomida «Dogecoin» qiymati taxminan 67 foizga pastlagan. Hozirda tanga 0,05 dollarga teng. 2021 yilning bahorida «Dogecoin» 0,7 dollardan oshgan, biroq keyin pasayishni boshlagan.