Tibbiyot kutubxonalari qanday ishlayapti?

Samarqand viloyat ilmiy tibbiyot kutubxonasi 1976 yilda tashkil etilgan.
Ayni paytda Samarqand shahar M.Ulug‘bek ko‘chasidagi Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevt xodimlarini malakasini oshirish va ixtisoslashtirish ilmiy markazi Samarqand filiali binosining 1-qavatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kutubxonada 8 ta xona, kitobxonlar uchun o‘quv zali mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 30 nafarga yaqin qitobxon undan foydalanishi mumkin.

Kutubxonada jami 36 000 nusxa va 19 000 nomdan ziyod kitob bor. Jumladan, tibbiyotning xirurgiya, terapiya, ko‘z kasalliklari, stomatologiya, ginekologiya, onkologiya, pulminologiya, narkologiya, urologiya, fiziologiya, xamshiralik, ishi bilan bog‘liq adabiyotlar, shuningdek, virtual kutubxona ham mavjud.

Kutubxonada 11 nafar xodim Prezidentimizning 2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi axolisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida belgilangan rejaga muvofiq ish olib bormoqda.

Samarkand viloyat ilmiy tibbiyot kutubxonasi sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli barcha davolash profilaktika muassasalari va tuman tibbiyot birlashmalardagi kutubxonalarga uslubiy markaz hisoblanadi. Hozirgi vaqtda davolash profilaktika muassasalari va tuman tibbiyot birlashmalarida ham kutubxonalar mavjud.

Jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali, viloyat ruhiy asab kasallik shifoxonasi, Payariq tuman tibbiyot birlashmasi kutubxonalari samarali  ishlab kelmoqda.

Bugungi kunda kutubxonada turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etilib, tibbiyot sohasida uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan yetuk olimlar va mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazilmoqda.

Nilufar Odilova,
viloyat ilmiy tibbiyot kutubxonasi direktori.