Tinch okeanidagi chiqindi dog‘i: suzib yurgan chiqindi uyumi Fransiya hududidan katta
Butun bir mamlakatni maydonini tasavvur qiling va o‘sha hududni chiqindi uyumi bilan to‘ldiring. Shu orqali siz Tinch okeanida suzib yuruvchi, Yirik Chiqindi Uyumi – yirik chiqindi oroli haqida tassavurga ega bo‘lasiz. Olimlar uzoq muddat okeandagi chiqindi muammosiga e’tibor qilishmayotgan edilar. O‘n yillab butun dunyodagi plastik okeanga yuvilgan va oqim izmida bo‘lgan. Yaqin vaqtlardan beri okeanda suzib yurgan yirik chiqindi uyumlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi, keyin esa okeanshunos olim Charlz Mur ularni aniqlash usulini yaratdi va Chiqindili Qit’a atamasini joriy qildi.
Okean oqimlari, butun sayyoramiz uzra oqadigan, yirik ko‘rinmas daryolar kabi shakllangan, ular o‘n minglab kilometr masofani bosib o‘tishadi va Tinch okeanining shimoliy qismida barchasi yig‘iladi. U yerda aylana oqimlar bilan o‘rab olingan hudud hosil qilishadi. O‘sha hudud chiqindini okean bo‘ylab tarqalib ketishiga yo‘l bermagan, yillar o‘tgan sari chiqindi orolini plastiklar bilan kengayishiga olib kelgan.
Chiqindining asosini plastik tashkil qiladi. Lekin plastik o‘zidan o‘zi yirik uyumga aylanolmaydi. Dog‘ning shakllanishiga okean bir joyga yiqqan, chiqarib tashlangan eski to‘rlar sababchi bo‘lgan. Plastiklar esa ularga ilinib borgan sari kattalashib boravergan. Dog‘ har kun kattalashmoqda va bugungi kunga kelib yuzlab million tonna chiqindini tashkil etadi. Shu bilan birga, raqamlar kamaytirilib ko‘rsatilgan. Qancha chiqindi suv ostiga cho‘kkanini hech kim aniqlamagan – chiqindini haqiqiy vazni ikki barobar ko‘proq deyilsa xaqiqatga yaqinroq bo‘ladi. Dunyo hamjamiyati plastikni jahon okeaniga bo‘lgan tahdidlarning eng asosiylaridan biri deya e’tirof etishmoqda. Chiqindi oroli bilan kurash olib borishlari, shubhasiz. Biroq hozircha umumiy fikrlardan nariga o‘tilmadi – orol juda yirik va bu kurashda ko‘plab davlatlarning birgalikdagi, hamjihat harakati talab etiladi.
Bekzod Musurmonov tayyorladi.