“Titanik”, “Britanik” va “Olimpik” halokatlaridan omon qolgan ayol

Vaylet 1887 yilda Irlandiyada, argentinalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. U yoshligida sil kasalligiga chalingan, shifokorlar u bir necha oydan ko‘p yashamasligini aytishgan. Biroq Vaylet kassalikdan davolanib hech narsa ko‘rmaganday yashab ketdi.

Otasi vafot etgach, oila Angliyaga ko‘chib o‘tdi. U yerda Vaylet qizlar maktabida o‘qirdi, onasi esa kemada styuardessa bo‘lib ishlardi. Onasi kasal bo‘lganida, ukalari va singillarini boqish uchun Vaylet onasining o‘rniga kemada ishlashni boshlaydi.

O‘sha paytda u 21 yoshda edi. XX asrning boshida bortprovodniklikka o‘rta yoshli kishilar ishga olinardi. Hamma uning yoshligi yo‘lovchilar va ekipaj uchun muammo tug‘dirishini ta’kidlardi.

Vaylet katta yoshdagi ayollarga tegishli kiyimlarni kiyib, ularga xos bo‘yanishlarni amalga oshirdi. Shunday qilib u 1908 yilda “Orinoko” bortiga chiqishga muvaffaq bo‘ladi va ko‘p o‘tmay «Uayt Star LAYN» kompaniyasiga ishga qabul qilinib, avval “Majestik”, keyinchalik “Olimpik” laynerlarida ishlaydi.

1911 yilda “Olimpik” “Yastreb” kemasi bilan to‘qnashadi. Ikki kema ham jiddiy shikastlanadi. “Olimpik”da katta teshik hosil bo‘lib, mo‘’jiza tufayli u cho‘kmay qoldi. Kema shatakka olindi va Vaylet Djesapp qattiq shikastlangan laynerdan qirg‘oqqa soppa-sog‘ tushadi.

Bir necha yil o‘tib, “Uayt Star LAYN” “Titanik” borti mehmonlari uchun yordamchi xodimlarni izlay boshlaydi. Vaylet boshida ikkilandi, keyinchalik qarindoshlari va do‘stlari uni bu kemada munosib pul ishlab olishiga ishontirishdi.

Barchaga ma’lumki, “Titanik” muztog‘ bilan to‘qnashgan va Atlantika okeanining sovuq suvlariga cho‘kkan. Ushbu ofat tufayli uning 1500 dan ortiq yo‘lovchilari va xodimlari halok bo‘ladi. Ammo Vaylet qutqarish qayig‘iga tushishga muvaffaq bo‘lib, yana o‘z hayotini saqlab qoladi.

Shunga ham qaramay, u Birinchi jahon urushi boshlanishidan sal oldin Egey dengizi bo‘ylab yuradigan “Britanik” kemasida hamshira bo‘lib ishlashga qaror qiladi.

“Britanik” suvosti minasiga urilib jiddiy zarar ko‘rdi va tez cho‘kishni boshladi. Kema shunchalik tez cho‘kardiki, Vayletning qutqaruvchi shlyupkaga o‘tirishga ham imkoni qolmadi. U o‘zini bort ortiga, suvga tashlab yubordi va jon saqladi.

Hatto bu ham Vayletning dengiz bo‘ylab yurishidan qaytarmadi. Urushdan so‘ng kemalar tobora ommalashib borayotgan transport turiga aylandi va sayohatchilarni aylantiradigan kruiz kemalari paydo bo‘la boshladi. Vaylet “Uayt Star LAYN”ni tark etib, “RED Star LAYN”ga ishga o‘tadi va bir necha yillar davomida butun dunyoni kezadi. Flotda u 1961 yilgacha ishlaydi.

Vaylet Jesapp 1971 yilda 84 yoshida vafot etdi. Umrining qolgan qismini u uyda, o‘z bog‘i va tovuqlariga bag‘ishladi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.