Tog‘ velosipedi: Muxlisa Sanaqulova - O‘zbekiston kubogi sohibi!

Payariq tumanida bo‘lib o‘tgan kattalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi "O‘zbekiston tog‘-velosipedi kubogi" musobaqasi yakuniga yetdi.

Velopoyganing yakuniy natijasiga ko‘ra, umumjamoa hisobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchi, Samarqand viloyati ikkinchi va Toshkent viloyati jamoalari uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Samarqand viloyati jamoasi safida ishtirok etgan Muxlisa Sanaqulova 13-14 yoshli qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning kross-kantri va apxill yo‘nalishlarida ishtirok etdi.
Yana bir payariqlik O‘.Shermatov esa 19 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida apxill yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi.

Payariq tumani hokimligi axborot xizmati.