Tojikistonda kuchli yomg‘ir 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
- 28.08.2023 10:37
- 107
- Xorij
Tojikistonning bir qancha viloyatlarida yakshanba kuni sodir bo‘lgan kuchli yomg‘irlar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda respublika prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatdi.
“Kecha kuchli yog‘ingarchilik tufayli Vahdat shahri va Rudakiy tumanida tabiiy ofat ro‘y berdi, natijada 13 kishi, jumladan, Vahdat shahrida 11 kishi, Rudakiy viloyatida 2 kishi halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Dushanbe-Chanoq yo‘liga sel ketgan, hodisa natijasida avtomobillarga shikast yetgan, yo‘l to‘silgan.