Tokayev yangi tashqi ishlar vazirligi rahbari va bosh vazir o‘rinbosarini tayinladi
- 03.04.2023 11:47
- 211
- Xorij
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev o‘z ma’muriyatining sobiq rahbari Murat Nurtleuni mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbari va bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.
Bu haqda prezident ma’muriyatining Telegram-kanalida xabar berildi.
“Davlat rahbarining farmoni bilan Nurtleu Murat Abugaliyevich Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. U Qozog‘iston Respublikasi prezidenti ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ta’kidlanishicha, Tokayev Ruslan Yaxshiliqovni mamlakat Mudofaa vazirligiga, Marat Axmetjanovni esa Ichki ishlar vazirligi rahbari etib tayinlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sud — hukm chiqaradi, advokat — himoya qiladi
- Bugun, 15:20
- Samarqand
Qo‘y tanigan cho‘ponlar
- 01/05, 21:03
- Mutolaa