“Tokio-2020”: Yaponlar olimpiadani bekor qilishni talab qilmoqda

Ha, 80 foiz yaponlar shu yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkazilishi belgilangan Tokio olimpiadasini bekor qilish yoki kechiktirishni talab qilmoqda (“Mir novostey”, 22-son).

Shaharlarda olimpiadaga qarshi ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tmoqda.
Yapon vrachlari 200 mamlakatdan koronavirusning turli shtamplarini tashib keluvchilardan xavfsirashmoqda. Ular siyosatchilarni hali vaqt borida Olimpiadani to‘xtatishga chaqirmoqda.

Yaponiyada harbiy shifokorlar va hamshiralar shoshilinch ravishda hech bo‘lmaganda qariyalarni COVID-19 ga qarshi emlashga safarbar etilgan.
HDK Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi esa o‘yinlarga pandemiya tahdid solmasligiga yaponlarni ishontirishga urinmoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.