Tokioda “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kompaniyasi o‘tkazildi
Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Samarqand kunlari doirasida ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘lib turgan tadbirkorlar, hunarmandlar, ishbilarmonlar hamda madaniyat xodimlaridan iborat viloyat delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasida “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kompaniyasini o‘tkazdi.
Tadbirda HIS Co Ltd, Hankyu travel, All Season Travel, Yomiuri Travel service kabi Yaponiyaning turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar ishtirok etdi. Unda Samarqand viloyati turizm salohiyati, sayyohlar uchun yaratilgan ifratuzilma ob’yektlari hamda o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Yaponiya turizm sohasi vakillari bilan xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb etish, turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda keyingi yillarda Samarqandda tashkil etilgan yangi turizm mahsulotlari tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi.
Uchrashuv doirasida G2B, B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tadbir so‘ngida turizm sohasiga investitsiya kiritish istagida bo‘lgan investortlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.