"Toshbag‘ir ota"ni taniysizmi? IIV xabar berishni so‘ragan (video)

Bugun, 10 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak kishining chamasi 3-5 yoshlardagi ikki nafar bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularga tazyiq o‘tkazayotganligi haqidagi video tarqalmoqda.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, videodagi shaxsga nisbatan chora ko‘rish va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

“Hurmatli yurtdoshlar, agar ushbu holat va shaxs haqida asosli ma’lumotga ega bo‘lsangiz, telegram tarmog‘i orqali @muloqot_maydoni manziliga, 102 tezkor telefon tarmog‘iga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyilgan IIV xabarida.