Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan qismida halok bo‘lgan beshinchi fuqaro ma’lum bo‘ldi
- 19.12.2019 08:34
- 311
- Hodisa
Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda halok bo‘lgan beshinchi fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va uning shaxsi aniqlandi:
1.I.Raxmatov– 1996 yilda tug‘ilgan.
Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
Hozirda, Hukumat komissiyasi tomonidan halok bo‘lgan fuqarolarning yaqinlariga zarur bo‘lgan yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
FVV Matbuot xizmati