Poyezdlari eng tez harakatlanadigan metro qayerda?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 4 dekabr kuni Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda so‘zlagan nutqida "Xudo xohlasa, shu oyning oxirida metropolitenning Sergeli yo‘nalishini ham ochamiz", dedi.

Xo‘sh, biz Toshkent shahridagi metrolar haqida nimalarni bilamiz?

Qurilishi 1968 yilda boshlangan Toshkent metrosi 1977 yilning 6 noyabrida ishga tushgan. 3 ta – “Chilonzor” (16,2 kilometr), “O‘zbekiston” (14,9 kilometr) ”Yunusobod" (7,2 kilometr) yo‘nalishlarida 29 ta bekat bo‘lib, kuniga 180-200 ming, yiliga 69-70 million yo‘lovchi tashiladi.

Shu o‘rinda dunyodagi mavjud metrolar haqida ham ayrim ma’lumotlarni keltirsak.

Dunyoda birinchi metro 1848 yilda Charlz Person g‘oyasi asosida Londonda ishga tushirilgan. Uzunligi 6 kilometr bo‘lgan bu yo‘nalish “Metropolitan Raylvay” deb nomlangan bo‘lib, Edington shahrini Farringdon vokzali bilan birlashtirgan.

Jahonda qadimiyligiga ko‘ra, AQShda 1904 yilning 27 oktyabrida ishga tushirilgan, uzunligi 370 kilometr, 468 ta bekati bo‘lgan, kuniga 4,3 million kishiga xizmat ko‘rsatadigan metro birinchi, 368 ta bekatga ega Parij metrosi ikkinchi o‘rinda turadi. London metrosida 270 ta, Tokio metrosida 217 ta bekat bor.

Moskva metrosi yo‘lovchilarga xizmat qilish hajmi jihatidan dunyodagi eng katta metro hisoblanadi. Kuniga 5 million, yiliga 3,2 milliard yo‘lovchini tashiydigan ushbu metroning poyezdlari esa dunyoda eng tez harakatlanishi bilan ham ajralib turadi. Ya’ni, tezligi 120 kilometr/soat. Moskva metrosida 12 ta yo‘nalish, 176 ta bekat va 62 ta o‘tishgoh mavjud. Yerosti yo‘llarining umumiy uzunligi 292,9 kilometr.

I.Norquvvatov tayyorladi.