Erkinjon Turdimov boshiga musibat tushgan oilalardan hol so‘radi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yer o‘pirilishi oqibatida oqdaryolik Ixtiyor Rahmatov va pastdarg‘omlik Zarif Karimov ham hayotdan erta ko‘z yumdi.

Ushbu yurtdoshlarimiz oilalariga davlatimiz tomonidan moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ham mazkur xonadonlarda bo‘lib, marhumlarning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan bu oilalarga yordam berildi.