Toshkent shahridagi yana 2 ta koronavirusni davolashga ixtisoslashgan markazlar yopildi
- 09.12.2020 20:17
- 51
- COVID-19
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz”ning 3- va 4-pavilionlaridagi hamda “Universal” sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markazlariga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish to‘xtatildi.
Ma’lum qilinishicha, bu muassasalarda davolanayotgan bemorlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ko‘chiriladi. Ushbu vaqtinchalik shifoxonalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan mehnat shartnomalari tegishli tartibda bekor qilinib, ular avvalgi ish joylariga qaytariladi.
Hozirda mamlakatda pandemiya xavfi nisbatan kamaygani tufayli koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanadigan 159 ta tibbiyot muassasasidan faqat 32 tasi faoliyat yuritmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand