Toyloqdagi sayyor qabulda fuqarolar qanday masalalarni bildirdi?

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Aloviddin Inog‘omov Toyloq tumanining Gulobod mahallasida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tumandagi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari, mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Tadbirda 18 nafar fuqaroning internet tarmog‘iga ulanish, suyultirilgan gaz balloni va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, moddiy yordam olish, yo‘llarni ta’mirlash va boshqa masalalar yuzasidan 27 ta murojaati tinglandi. Fuqarolar bildirgan masalalarning 8 tasi joyida hal qilindi, 7 tasiga tushuntirish berildi, 12 tasi esa o‘rganishga yo‘naltirildi.

–     Bugungi sayyor qabulda suyultirilgan gaz balloni, farzandlarimga maktab darsliklarini olish va internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha murojaat qildim, – deydi Soliha Musayeva. – Maktab darsliklari va suyultirilgan gaz balloni bo‘yicha masalam shu yerning o‘zida hal etildi. Internet tarmog‘iga ulanish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.